Janubiy Koreya Respublikasining INXA universiteti professori Joung Young Lee dan mahorat darsi

Janubiy Koreya Respublikasining INXA universiteti professori Joung Young Lee dan mahorat darsi

2019-yilning 19-aprel kuni institutning Bank ishi fakulteti 3-16 oʻquv auditoriyasida Janubiy Koreya Respublikasining INXA universiteti “Iqtisodiyot” departamenti professori Joung Young Lee “What can we learn from the Korean economic development” mavzusida mahorat dars soatini o‘tkazdi. Ushbu dars soatida “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Moliya”, “Bank ishi” hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining 60 nafardan ortiq talabalari ishtirok etdilar. Ma’ruzachi dars davomida Janubiy Koreya Respublikasining qay tarzda jahon iqtisodiyotida oʻzining nufuziga ega boʻlganligi va bunda Oʻzbekiston boy tajribadan qanday yoʻllar orqali foydalanishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini yegʻilganlarga tushuntirdi. Mahorat darsi yakunida “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi mudiri E. Nosirov tomonidan mehmonga tashrif uchun minnatdorchilik sifatida esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

14:31 / 2019-04-23
Success helper
Success warning